“Liverpul” o‘z tarixidagi eng katta transferlardan birini amalga oshirmoqda

  • 22 may, 2023, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Brayton” yarim himoyachisi Aleksis Makallister yozgi transferlar vaqtida “Liverpul”ga ko‘chib o‘tadi, deb xabar tarqatdi TyC Sports nashri.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, liverpullshiklar argentinalik futbolchi bilan transfer borasida to‘liq kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, Aleksis bilan uzoq muddatli shartnoma imzolanadi.

Bu transferdan “Brayton” 70 million evro atrofida badal puli oladi. “Liverpul” shu tariqa o‘z tarixidagi eng katta xaridlardan birini amalga oshirmoqda.

Klub tarixida eng qimmat transfer sohibi Virjil van Deyk hisoblanadi. Angliyaliklar niderlandiyalik himoyachi uchun o‘z vaqtida “Sautgempton” klubiga 84,65 million evro to‘lagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!