
"Liverpul" sobiq futbolchisi Chempionlar Ligasi medalini sotishga qaror qildi
"Liverpul" sobiq himoyachisi Stiv Finnan Chempionlar Ligasi oltin medallarini sotishga qaror qildi.
"Daily Mail" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchi o‘ziga tegishli qurilish kompaniyasini inqirozdan qutqarib qolish uchun shunday qarorga kelgan. Finnan Istanbulda o‘tgan 2004/05 yilgi finalda qo‘lga kiritilgan medalni 12-15 ming evro mablag‘ga sotmoqchi. Shuningdek, u "Milan"ga qarshi o‘yindagi libos uchun ham xaridor izlamoqda.
Irlandiyalik fulbek 2003-08 yillar mobaynida mersisaydliklar safida harakat qilgan va 217 ta o‘yinda ishtirok etgan.
Fikrlar