“Liverpul”da katta yo‘qotish: Lallana safdan chiqdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

“Liverpul” jamoasi yarim himoyachisi Adam Lallana “Atletiko”ga qarshi (1:1, 4:5 penalti bo‘yicha) Audi Cup norasmiy turniri finalida oyog‘idan qismidan jarohat olib, safdan chiqdi.

“Afsuski, Adam bir necha oyga safdan chiqdi. Bu biz uchun yomon xabar. Katta ehtimol bilan  Lallana mavsum boshi va sentyabr oyidagi o‘yinlarni qo‘yib yuboradi.

Biz uning tiklanish jarayonini muntazam kuzatib boramiz. Lallana har bir ishga professionallarcha yondashib kelgan, jarohat olganida ham o‘z vaqtida safga qaytgan”, – dedi “Liverpul” ustozi Yurgen Klopp.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!