“Liverpul”dagi ziddiyat “Chelsi”ga 58 million funt daromad keltiradi!

  • 17 iyun, 2022, 10:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” kutilmaganda mo‘may daromad ko‘rishi mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘z jamoasiga “Chelsi” hujumkor futbolchisi Kristian Pulishichni olib kelmoqchi.

Germaniyalik mutaxassis amerikalik o‘yinchini anchadan beri kuzatib keladi va o‘z vaqida Bundesligada ishlab yurgunida Kristanning katta futbolga qadam qo‘yishiga munosib hissa qo‘shgan.

Gap shundaki, “Liverpul” etakchi hujumchilari – Muhammad Saloh va Sadio Mane o‘rtasida ziddiy paydo bo‘lgan. Shu bois liverpulliklar senegallik hujumchini “Bavariya”ga sotib yuborisha qaror qildi.

Klopp Mane o‘rni Pulishich bilan to‘ldirmoqchi. Klub mutasaddilari Pulishichni olib kelish uchun 58 million evro to‘lashga rozi bo‘lgan. Amerikalik futbolchining o‘zi ham Tomas Tuxel unga etarli o‘yin vaqti ajratmayotganidan nolib, jamoadan ketmoqchi bo‘lib yuribdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!