
“Liverpul”ga “yangi Xoland” keladi!
Norvegiya futboli Evropaga juda ko‘p iqtidorlarni etkazib berayotgan iqtidorlar fabrikasiga aylanib bormoqda.
Ayniqsa, Erling Xoland ko‘rsatayotgan o‘yin ko‘plab klublar skautlarini Norvegiyada tarbiyalanayotgan o‘yinchilarga e’tibor qaratishga majbur qilmoqda.
“Liverpul” kelasi yozda norvegiyalik hujumchi Andreas Shelderupni transfer qilishni rejalashtirmoqda.
18 yoshli futbolchi “Nordshelland”ning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi. Uni o‘yinini tahlil qilib kelayotgan mutaxassislar yosh hujumchini “yangi Xoland”, deb atay boshladi.
Andreas Shelderupni olmoqchi bo‘lgan klublar 20 million evro sanashiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar