"Lokomotiv" "Bavariya"ga qarshi o‘yinda durangni saqlab qololmadi (video)
UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turida “Bavariya” Moskvada “Lokomotiv” mehmoni bo‘ldi.
“RJD Arena”da kechgan o‘yin 1:2 hisobida myunxenliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. “Bavariya”ga g‘alaba keltirgan gollarga Leon Goretska (13') va Yozua Kimmix (79') mualliflik qildi. Mezbonlarning yagona golini Anton Miranchuk (70') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar