"Lokomotiv" etakchisi "Atalanta"ga o‘tishi kutilmoqda
“Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Sport Mediaset tarqatgan xabarga qaraganda, 24 yoshli rossiyalik futbolchiga “Atalanta”dan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda. Ertaga bergamoliklar ushbu masala yuzasidan futbolchining vakillari va Moskva klubi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Miranchukning transferi A Seriya vakiliga 15 million evroga tushishi aytilmoqda. Bunga yana bonuslar ham qo‘shilishi mumkin.
Bundan avvalroq, Alekseyga “Milan” ham qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning “Lokomotiv” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar