"Lokomotiv" futbolchisiga A Seriya va La Liga klublari xaridor bo‘lmoqda

  • 26.11.2020 22:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Moskvaning “Lokomotiv” klubi himoyachisi Murilo Serkeyra yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

“Chempionat” nashrining xabar berishicha, 23 yoshli braziliyalik futbolchiga La Liga va A Seriya klublaridan takliflar bor. Ammo hozircha ushbu jamoalar nomi oshkor etilmayapti.

Murilo joriy mavsum Rossiya premer-ligasida 15 ta o‘yinda ishtirok etdi va 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U “Lokomotiv” safida 2019 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning transferi 2,5 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!