"Lokomotiv" ispaniyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi (foto)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning "Deportivo" klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi Diego Bardanka Florez bundan buyon "Lokomotiv" sharafini himoya qiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Gladiatorlarga xos antropometrik ko‘rsatkichlarga ega himoyachi "temiryo‘lchilar" safiga "Indjiya" jamoasidan kelib qo‘shildi.

190 sm bo‘yli, 80 kg vaznli chapaqay himoyachi ham markaziy, ham chap qanot himoyasida bemalol o‘ynay oladi. Bunga qadar u "Valyadolid", "Rekreativo", "Levante" kabi jamoalarda ham faoliyat olib borgan.

photo_2021-01-27_10-53-48

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!