“Lokomotiv” Jaloliddinov uchun to‘laydigan summa ma’lum bo‘ldi

  • 19.07.2020 16:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ommaviy axborot vositalarida Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi “Bunyodkor”ga 18 yoshli Jasur Jaloliddinov transferi uchun 350 ming evro to‘lashi haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi. Jurnalistlar futbolchining agenti Yuriy Belousdan transfer summasining aniq miqdorini aniqlay olmadi.

O‘zbekistonlik futbol eksperti Alisher Nikimboev telegram kanalida transfer borasida yangi ma’lumot tarqatdi.

- Rossiyada Jaloliddinovning “Bunyodkor”dan “Lokomotiv”ga transferi haqida yozishmoqda. Ular 350 ming evro haqida yozmoqda. Insayderlar esa moskvalik “temiryo‘lchilar” bu transfer uchun bu summadan 2,5 baravar ko‘p to‘lashini ta’kidladi. Bu summa ichida agentlarning komission ulushi ham bor, - deb yozadi Alisher Nikimboev.

Rossiyaning matchtv.ru sayti ham bu ma’lumotni tasdiqladi va O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchisining transferi 900 ming evro ekanini ma’lum qildi.

Jasur Jaloliddinov “Lokomotiv” bilan shartnoma imzolaganidan keyin joriy yil oxirigacha  “Bunyodkor” safida o‘ynab turadi.

Moskvaga ketayotgan Jaloliddinovning haqiqiy transfer narxi qancha?

Yuriy Belous: Jaloliddinov bir necha yil davomida “Lokomotiv” (Moskva) o‘yinini belgilaydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!