
"Lokomotiv" legioneri sobiq klubiga qaytdi
Tojikiston milliy terma jamoasi safida Qatardagi Osiyo Kubogida ishtirok etgan hujumchi Rustam Soirov yangi mavsumni o‘z vatanida – “Istiqlol” klubida davom ettiradigan bo‘ldi. U ilgari ham ushbu jamoada o‘ynagan.
Bilsangiz, u o‘tgan yili qishda Toshkentning “Lokomotiv” jamoasiga qo‘shilgandi va bir yillik tanaffusdan so‘ng futbolchi jamoasini o‘zgartirdi. Bu haqida “Loko” matbuot xizmati shunday yozadi:
“Tojikistonlik hujumchi Rustam Soirov faoliyatini o‘z vatanida «Istiqlol» jamoasida davom ettiradi.
O‘tgan mavsum davomida 11 gol va 3 ta assist qayd etib, jamoamiz tarkibida o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchi bo‘lgan Rustam Soirovga kelgusi faoliyatida omad tilaymiz”, - deyiladi klub xabarida.
Fikrlar