"Lokomotiv" "Lester" futbolchisini ijaraga olmoqchi
Moskvaning "Lokomotiv" klubi "Lester" himoyachisi Filip Benkovichning ijarasi bo‘yicha taklif yubordi. Bu haqda "Chempionat" xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 23 yoshli xorvatiyalik futbolchining masalasi joriy yozgi transferlar davrida amalga oshirilishi mumkin.
Benkovich “Dinamo” Zagreb tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Lester”da 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning “tulkilar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar