
"Lokomotiv" qizlarida koronavirus aniqlanmadi. Jamoa boshqa mehmonxonaga ko‘chib o‘tdi
Avvalroq “Lokomotiv-W” ayollar jamoasi joylashgan mehmonxonada koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqaro aniqlangani va jamoa shu bois zudlik bilan izolyatsiyaga olingani haqida xabar bergan edik. Shu tufayli, Oliy Liga 2-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor-W” – “Lokomotiv-W” uchrashuvi boshqa muddatga qoldirilgan edi. Shu kuniing o‘zida jamoa koronavirus infektsiyasi uchun test topshirgan va jamoa joylashgan “Lokomotiv” mehmonxonasida karantinga olingan.
Tezkor xabar! "Lokomotiv" jamoasi karantinga olindi
PFL koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli "Lokomotiv-W" ishtirokidagi o‘yin qoldirilganini ma’lum qildi
Ma’lum bo‘lishicha, bugun jamoa vakillaridan olingan test javoblari e’lon qilingan va ularda virus aniqlanmagan. Shu bois, bugunning o‘zida “Lokomotiv-W” klubi ushbu mehmonxonadan to‘liq tarkibda Chirchiq shahridagi "Zerom" mehmonxonasiga ko‘chib o‘tgan. Jamoa ayni damda ushbu mehmonxona yaqinidagi “Kimyogar” stadionida mashg‘ulot o‘tkazishni rejalashtirmoqda, - deya xabar berdi PFL matbuot xizmati.
Fikrlar