
London klublari "yangi Zlatan" uchun kurashadi
"Brest" safida ijara asosida harakat qilayotgan "Inter" futbolchisi Martin Satriano faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
"Mirror" nashrining xabariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchiga "Chelsi" va "Tottenxem" jamoalari qiziqish bildirmoqda. "Shporlar" ketishi kutilayotgan Xarri Keyn o‘rnini Martin bilan to‘ldirmoqchi. Transfer yozda amalga oshishi mumkin.
Matbuotda Satrianoni yangi Ibrahimovich, deya atashmoqda. Joriy mavsum forvard 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va bitta golga hammualliflik qilgan.
Fikrlar