Luka Modrich o‘zbekistonlik futbolchining jamoadoshiga aylanishi mumkin

  • 13 aprel, 2024, 14:51
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin. "Todofichajes" nashrining xabar berishicha, xorvatiyalik futbolchining xizmatlariga "Eyupspor" jamoasi qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Modrich va "qirollik klubi" o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2024 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi. 38 yarim himoyachi "qaymoqranglilar" safida 2012 yilning avgust oyidan buyon o‘ynab kelmoqda. Uning transfer narxi 8 million evroga baholanmoqda. La Liganing joriy mavsumida Luka 25 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, "Eyupspor" safida o‘zbekistonlik Jahongir O‘rozov harakat qilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
13/04/2024 15:55
Юртдошинг модричнини жамоадоши булади укимаган