MЮ qishki transferlar oynasida «Sevilya» yarim himoyachisini sotib olmoqchi

  • 09.10.2026 15:36
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» rahbariyati qishki transferlar oynasida ayni paytda «Sevilya»da ijara asosida o‘ynayotgan, huquqlari «Milan»ga tegishli fransuz yarim himoyachisi Yussuf Fofanani o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Vamos Mi Sevilla ma'lumotiga ko‘ra, «qizil iblislar» qishda jamoa markaziy yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan. Manchesterliklar 27 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishishga umid qilmoqda.

Qayd etilishicha, hozirda yarim himoyachining transfer qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Yussuf Fofana joriy mavsumda Ispaniya chempionatida «Sevilya» safida to‘rtta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!