Mahmud Muradovning UFCdagi navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Aralash jang san’ati (MMA) bo‘yicha o‘rta (-84 kg) vazn toifasida oktagonga chiqib kelayotgan o‘zbekistonlik Mahmud Muradov (23-6, 14 KO) UFCdagi ikkinchi jang sanasi va unga raqiblik qiladigan sportchi nomi ma’lum bo‘ldi.

Hamyurtimiz 7 dekabr kuni "UFC on ESPN 7" turniri kechasida Trevor Smit (15-9) ga qarshi oktagonga ko‘tariladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Muradov "UFC Fight Night 160" kechasida italiyalik Alessio Di Kirikoga qarshi debyut jangini o‘tkazib, g‘alabani qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!