Maksim Shatskix "Paxtakor"da ish boshlash uchun Toshkentga etib keldi

  • 29.05.2022 19:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Klubimizda ish boshlashi kutilayotgan Maksim Shatskix shahrimizga etib keldi.

"Paxtakor" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi sanalgan Shatskix klub boshqaruvidagi lavozimlardan birida ish boshlashi kutilmoqda. Tez orada uning rasmiy lavozimi e’lon qilinadi.

Shatskixni Toshkent xalqaro aeroportida klub vakillari va muxlislar kutib olishdi. Sodiq ishqibozlarimiz afsonaviy hujumchining "Paxtakor"dagi faoliyati sovrinlarga boy bo‘lishini tilashdi, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Avvalroq esa Shatskix Sports.uz saytiga "Paxtakor"dan taklif tushganini aytib, muzokaralar olib borilayotganini qo‘shimcha qilgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Nasaf Qarshi
30/05/2022 08:16
Судьяларни ва котталарни аралаштириб бир неча йил чемпион булдик, негадир ОЧЛда аралаштира олмаяпмиз, нима килсак булади деб маслахат сурасаларингиз шу ерлан Мариополга булса хам кайтиб кетарди!