“Manchester Siti” chempion futbolchini chaqiryapti

  • 16 aprel, 10:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Siti”ning tajribali mutasaddilari jamoa tarkibini kuchaytiradigan o‘yinchilari qidirish ishlarini jadal davom ettirmoqda.

Manchesterliklar nishoniga o‘tgan yili “Bayer”ning Germaniya chempionligini qo‘lga kiritishiga o‘z hissasini qo‘shgan Esekiel Palasios tushdi.

El Intransigente nashrining ma’lum qilishicha, 26 yoshli markaziy yarim himoyachi yozda Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.

Transfer bo‘yicha ekspertlarning ta’kidlashicha, “Bayer” jamoada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan argentinalik o‘yinchini osonlikcha qo‘yib yubormaydi.

Palasios “River Pleyt” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Leverkuzenliklar bu futbolchini 2020 yili 17 million evroga transfer qilgan. Ayni paytda yarim himoyachi 40 million evroga baholanmoqda.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!