“Manchester Siti” muxlislari uchun noxush xabar
Belgiya terma jamoasi va "Manchester Siti" vingeri Jeremi Doku jarohat sabab bir necha hafta jamoasiga yordam bera olmaydi.
Xabarlarga ko‘ra Doku mashg‘ulotlarda jarohat olgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra belgiyalik vinger 3 hafta "shaharliklar"ga yordam bera olmaydi. Ushbu oraliqda, Doku 5 ta uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. "Brentford", "Vest Xem", "Nottingem Forest", "Sanderland" va "Chelsi"ga qarshi uchrashuvlarda "Manchester Siti" Dokuning xizmatlaridan foydalana olmaydi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum barcha turnirlarda umumiy 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar