
"Manchester Siti" Simeonening gaplariga javob qaytardi
“Manchester Siti” klubi “Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeonening “shaharliklar” tarixga ega emas” degan gaplariga munosabat bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil “Manchester Siti”ning tashkil topganiga 125 yil to‘ldi.
“Biz ushbu sanani 2028 yilda nishonlashga yordam berishdan mamnun bo‘lamiz, Diego”, - deb yozadi “shaharliklar” rasmiy tvitteri.
Ma’lumot uchun, “Atletiko”ning tashkil etilganiga 116 yil to‘ldi. “Matraschilar” o‘zlarining 125 yillik yubileyini 2028 yilda nishonlashadi.
Fikrlar