“Manchester Siti” yangi bosh murabbiy tayinlanganini e’lon qildi

  • 29.06.2026 18:40
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyalik mutaxassis Enco Mareska "Manchester Siti" jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqida angliyalik klubning rasmiy saytida ma'lumot berildi.

46 yoshli murabbiy Angliya Premier-ligasining 2025/2026 yildgi mavsumida kumush medal sohibi bo‘lgan jamoa bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

Mareska 2024 yildan 2026 yanvarigacha Londonning "Chelsi" klubini boshqarib kelayotgan edi. Bundan oldin italyalik mutaxassis "Lester" va "Parma" klublarida bosh murabbiy sifatida ishlagan, shuningdek, "Manchester Siti", "Aston Villa" va "Sevilya" jamoalarida murabbiy yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, yangi mavsum Angliya Premier-ligasida 21 avgust kuni start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!