
"Manchester Siti"da koronavirus bilan bog‘liq yangi holatlar qayd etildi
“Manchester Siti” o‘zining rasmiy sayti orqali klubda koronaviruv bilan bog‘liq yangi holatlar aniqlanganini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, darvozabon Skott Karson va yarim himoyachi Koul Palmerning COVID-19 ga topshirgan testi musbat natija bergan. Kasallik aniqlangan yana bir insonning nomi sir tutilmoqda.
O‘tgan haftada “Siti”da koronavirus bilan bog‘liq bir nechta holatlar qayd etilgan va natijada “Everton”ga qarshi o‘yin boshqa muddatga qoldirilgan edi.
“Manchester Siti” bugun Angliya liga kubogi yarim finalida hamshahari “Manchester Yunayted”ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:45da “Old Trafford”da boshlanadi.
Fikrlar