“Manchester Yunayted” bir oyda yana beshta transferni amalga oshiradi

  • 6 iyul, 2022, 21:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati iyul oyi ichida jamoaga besh nafar yangi futbolchi olib kelishga tayyor, deb xabar tarqatdi Manchester Evening News nashri.

Tecno

Birinchi bo‘lib, manchesterliklar safiga qo‘shilishga og‘zaki rozilik bergan Daniya terma jamoasi o‘yinchisi Kristian Eriksenning transferi rasmiylashtiriladi.

Keyin jamoa yangi bosh murabbiy Erik ten Xag qo‘l ostida Tailand va Avstraliyaga turne uyushtiradi va bu jarayonda klub mutasaddilari yana to‘rtta transfer bo‘yicha ish olib boradi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Eriksen manchesterliklar bilan uch yillik bitim tuzadi. O‘yinchi oldida tibbiy ko‘rik va shartnoma imzolash marosimi qoldi xolos.

Eslatib o‘tamiz, Kristian Eriksenning yuragi xuruj qilgani bois unga kardiostimulyator o‘rnatilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!