
"Manchester Yunayted" hujumchisi Turkiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin
"Manchester Yunayted"ni 2024 yilda tark etishi kutilayotgan Antoni Marsiyalga Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi "Fanatik" nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, istanbulliklar qishki transferlar oynasining o‘zidayoq hujumchi bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko‘radi. Frantsuz esa hali so‘nggi qarorni qabul qilmagan.
Marsiyalning "qizil iblislar" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. Garchi bitimni yana bir yilga uzaytirish imkoni bo‘lsada, "Manchester Yunayted" bu banddan foydalanmoqchi emas.
Fikrlar