"Manchester Yunayted" Ibrohimovich bilan shartnomani uzaytiradi
"Manchester Yunayted" ustozi Joze Mourino jamoa hujumchisi Zlatan Ibrohimovich kelasi mavsum ham klubda qolishini e’lon qildi.
- Vaziyat murakkab emas, - dedi Joze Mourino. - Zlatan bilan 1+1 ko‘rinishida shartnoma imzolangan va u 2017-2018 yilgi mavsum oxirigacha bizning futbolchimiz bo‘lib qoladi. Keyin uyog‘i Ibrohimovichning o‘ziga havola.
Zlatan Ibrohimovich "Manchester Yunayted" tarkibida 17 uchrashuvda sakkizta gol urdi.

Fikrlar