“Manchester Yunayted” katta yulduzni oladi!
Angliya premer-ligasining eng mahoratli futbolchilaridan Ngolo Kante o‘z jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
“Chelsi” safida deyarli barcha sovrinlarni qo‘lga kiritib bo‘lgan frantsiyalik yarim himoyachini “Manchester Yunayted” o‘z safiga chorlayapti. Manchesterliklarning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag tajribali o‘yinchiga shaxsan qiziqish bildiryapti.
“Yunayted” rahbariyati Kanteni qo‘lga kiritish uchun “Chelsi” mutasaddilarini uni qo‘yib yuborishga ko‘ndirishi kerak bo‘ladi. Mutaxassislar bu transfer manchesterliklarga 40 million evroga tushadi.
Bundan tashqari, Erik ten Xag Ngolo Kanteni o‘zi ham jamoasini almashtirishga ko‘ndiradigan so‘zlarni topishi talab etiladi.



Fikrlar