
"Manchester Yunayted" Osimxen transferidan voz kechdi
"Manchester Yunayted" Viktor Osimhen uchun kurashmaslikka qaror qildi.
Joriy mavsumni "Galatasaroy"da ijara asosida o‘tkazayotgan "Napoli"ning 26 yoshli futbolchisi yozgi transferlar oynasida sotilishi ehtimoli yuqori. "Manchester Yunayted" nigeriyalik futbolchi uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lishi kutilgandi, ammo klub e’tiborini boshqa nomzodlarga qaratishga qaror qildi.
"Man United News" nashri xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" rahbariyati Osimhen variantidan voz kechgan. Forvardga Londonning "Arsenal" va "Chelsi" klublari hamda Saudiya Arabistoni chempionati vakillari qiziqish bildirishda davom etmoqda. Transfermarkt portali nigeriyalik hujumchining narxini 70 million evroga baholamoqda.
Fikrlar