“Manchester Yunayted” rahbariyati bosh murabbiyga kutilmagan zarba berdi

  • 27 avgust, 2022, 16:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati bosh murabbiy Erik ten Xagning hamma istagini ham bajarmasligini ko‘rsatib qo‘ydi.

Nidelandiyalik mutaxassis jamoaga uchta yangi o‘yinchi chaqirgandi. Xususan, unga o‘z jarima maydonchasidan chiqishga qo‘rqmaydigan va to‘pni aniq uzata oladigan darvozabon kerak ekan.

Shu bois, “Ayntraxt” vakili Kevin Trapp va “Borussiya M” posboni Yan Zommerni o‘z jamoasiga chorlagandi. Klub rahbariyati Trapp uchun 25 million evro to‘lashdan bosh tortdi, Zommerning nomzodini ko‘rib chiqqani ham yo‘q.

Shuningdek, rahbariyati “Atletiko” hujumchisi Alvaro Morata nomzodini ham ma’qullamadi. Ular 29 yoshli  to‘purar uchun talab qilingan 30 million funtni o‘ta qimmat, deb topdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!