“Manchester Yunayted” raqib yulduzini o‘ziga og‘dirib olmoqchi

  • 16 iyul, 2022, 20:03
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoa hujumkorligini oshirish maqsadida “Chelsi” vingeri Hakim Zieshni transfer qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar tarqatdi GiveMeSport sayti.

Marokashlik futbolchi London klubini tark etishga yaqin turibdi. Anchadan beri uni “Milan”ga o‘tishi haqida xabarlar tarqatilayotgan edi. Biroq Italiya chempioni tomonidan aniq takliflar bo‘lgani yo‘q.

Bu vaziyatdan manchesterliklar foydalanib qolmoqchi. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag Hakim Ziesh bilan shaxsan tanish va imkoniyatlarini juda yaxshi biladi. Shu bois, klub xo‘jayinlaridan marokashlik hujumkor futbolchini olib kelishni so‘ragan.

Hakim Ziesh harchand harakat qilmasin Tomas Tuxel jamoasida asosiy tarkibning muqim o‘yinchisiga aylana olmadi va jamoasini yangilashga qarshi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!