"Manchester Yunayted" Ronalduga o‘rinbosar topdi
"Manchester Yunayted" PSV vingeri Kodi Gakpoga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda NOS xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, "qizil iblislar" futbolchini yanvardayoq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Manchesterliklar yozda ham Gakponi xarid qilishga urinib ko‘rgan, biroq u mavsum so‘ngiga qadar PSVda qolishga qaror qilgandi.
Kodi joriy mavsum 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urgan va 28 golga assistentlik qilgan. Uning PSV bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.



Fikrlar