Manchesterliklar tarkibni yangilaydi

  • 6 aprel, 2021, 16:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar mavsumida shov-shuvli xaridlar ko‘p bo‘ladiganga o‘xshaydi. Moliyaviy imkoniyati katta hisoblangan klublardan “Manchester Siti” jamoaning hujum salohiyatini oshirish uchun ikkita supertransferni amalga oshirmoqchi.

Birinchi navbatda, “shaharliklar” yozda “Borussiya” hujumchisi Erling Xolandni taklif qilmoqchi. Gvardiola jamoasiga bu transfer maoshlarni qo‘shib hisoblaganda, 450 million funtdan qimmatga tushishi aniqlangan. Dortmundliklar ham yozda norvegiyalik hujumchini ushlab qola olmasligini bilgan holda, uni 180 million evroga baholamoqda.

“Siti”ning ikkinchi nishoni “Aston Villa”ning hujumkor futbolchisi Jek Grilish hisoblanadi. Xosep Gvardiola anchadan beri bu o‘yinchiga xaridor bo‘lyapti. Qolaversa, “shaharliklar” maydon markazida o‘ynaydigan futbolchilarni yoshartirishga qaror qilgan.

Yangi o‘yinchilar anchadan beri jamoada o‘ynayotgan Kevin de Bryuyne, Riyad Mahrez va Ilkay Gyundog‘an kabi tajribali ijrochilar o‘rnini egallashi kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!