Mane "Bavariya"ga o‘tgani haqida gapirdi

  • 22 iyun, 2022, 14:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" sobiq futbolchisi Sadio Mane "Bavariya"ga ko‘chib o‘tayotgani haqida gapirib o‘tdi. Aytishicha, u nemis klubidan ilk taklif bo‘lganda darhol rozilik bildirgan.

Tecno

"Agentim birinchi marta "Bavariya"dan qiziqish borligini aytganida, hayajonlanib qoldim. Men uchun bu juda mos jamoa edi. Shuningdek, "Liverpul"dan ketadigan vaqtim kelganini his qilib turardim.

Myunxenliklar har doim barcha sovrinlar uchun kurashadigan dunyoning eng yirik klublaridan biri. Shunday qilib, bu klubga o‘tish yaxshi va to‘g‘ri fikr edi.  

Jahondagi har bir bola, har bir fubolchi chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni orzu qiladi. Biroq g‘oliblik haqida gapirishga hali erta. Shunga qaramay, hozir men juda raqobatbardosh jamoadaman va biz o‘zimiz qatnashadigan barcha musobaqalarda favorit sanalamiz", - dedi senegallik universal hujumchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!