Mareska qo‘l ostida "Siti"ning birinchi transferi hal bo‘ldi

  • 30.06.2026 07:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yaqin kunlarda «Manchester Siti» 23 yoshli ingliz yarim himoyachisi Elliott Anderson bilan shartnoma imzolanganini rasmiy e’lon qilishi kutilmoqda. Bu haqida futbol bo‘yicha insayder Fabrizio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

Uning ta’kidlashicha, Andersonning kelishi bosh murabbiy lavozimiga Enzo Mareska tayinlangandan keyingi ilk transfer bo‘ladi. Romano ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan, barcha hujjatlar kelishib olingan.

Transfer qiymati 116 million funtni tashkil etmoqda. Bu summa klub tarixidagi eng yirik transfer sifatida qayd etilishi mumkin. Ilgari «Manchester Siti» uchun eng qimmat xarid Jek Grilish bo‘lib, u 100 million funt evaziga jamoaga qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!