
Mashhur hujumchi “Real”ga o‘tmaydigan bo‘ldi
Yaqinda “Bavariya” hujumkor futbolchisi Leroy Sane “Real”ga o‘tishi mumkinligi haqida ma’lumot tarqatilgan edi.
Bu xabar Germaniyada katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Lekin Bild nashri jurnalisti Tobi Altshaffl masalaga oydinlik kiritib, Sanening “Real”ga o‘tishi ahmonlik ekanini ta’kidladi.
26 yoshli futbolchining o‘zi ham “Bavariya”da qolib, myunxenliklar bilan barcha musobaqalar bosh sovrinini qo‘lga kiritish istagida ekanini bildirdi.
Leroy Sane “Bavariya”ga kelganidan beri 89 marotaba maydonga tushib, 24 ta gol va 27 ta assist muallifi bo‘lgan.
Fikrlar