
Massimiliano Allegri katta futbolga qaytishga tayyor
"Milan" va "Yuventus" sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri murabbiylik kursisiga qaytishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
52 yoshli mutaxassis 2019 yil iyun oyida "Yuventus"ni tark etib, ta’tilga chiqqan edi.
"Livorno shahrida oilam bilan yaxshi xordiq chiqardim. Endi raqobatbardosh va g‘alabaga ishtiyoqi baland bo‘lgan klub qidiryapman.
Ispaniya chempionati? Menga davlat va chempionat nomi muhim emas", - deydi Allegri.
Fikrlar