Mauritsio Sarrining nega jahli chiqqan edi?
Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri kechagi mashg‘ulotlarni futbolchilar mojarosi sabab tark etmaganini aytdi.
“Kecha nima bo‘lganini tushunmadingiz. Agar futbolchilarim mashg‘ulot payti agressiv bo‘lishsa, men bundan xafa bo‘lmayman, aksincha xursand bo‘laman.
Aslida esa men standard talablar bajarilmaganidan g‘azablandim, chunki 15 daqiqa o‘tsa hamki kameralar o‘sha erda edi. Men aynan ushbu holatdan ranjidim, futbolchilardan emas”, - deydi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Boku shahrida "Chelsi" va "Arsenal" jamoalari o‘rtasida Evropa ligasi final bahsi bo‘lib o‘tmoqda.

Fikrlar