Ma’mur Ikromov "Lokomotiv"ni tark etdi

  • 2 yanvar, 2020, 21:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentning «Lokomotiv» klubida ham e’tiborga molik o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bosh murabbiylikka Andrey Fyodorov qaytarilganidan xabaringiz bor. Tarkibda esa shunga yarasha o‘zgarishlar boshlandi. Aytish joizki, «Temiryo‘lchilar» safini darvozabon Ma’mur Ikromov ham tark etdi.

Tecno

U «Lokomotiv» sharafini 2015 yildan beri himoya qilib kelayotgandi. Shu vaqt davomida klub bilan O‘zbekistonning uch karra chempioni bo‘ldi. Shuningdek, Kubok bahslarida ham zafar quchgandi. Ammo Ikromov ko‘p vaqtini zaxirada o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Chunki klubda undan tashqari Ignatiy Nesterov hamda Javohir Ilyosov kabi darvozabonlar ham borligini unutmaslik kerak.

Ikromov esa o‘tgan mavsumda asosan Kubok bahslarida maydonga tushdi. Mavsum nihoyasiga etgach Ma’murning klub bilan tuzgan shartnomasi tugadi va shu sababli «Lokomotiv»ni tark etishga qaror qildi. Ushbu xabarni uning o‘zi ham tasdiqlab o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, «Lokomoiv» klubi ertaga xorij yig‘inini o‘tkazish maqsadida Dubayga jo‘nab ketadi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ободон
03/01/2020 08:40
Нос чекар федеров узини уйинчиларини йигадида