Mbappe bizni aldadi
PSJ rahbariyati jamoa hujumchisi Kilian Mbappening xatti-harakatlaridan norozi bo‘lmoqda.
L'Équipe nashrining yozishicha, 24 yoshli hujumchi bir yil muqaddam yangi shartnoma imzolash jarayonida bergan va’dasini bajarmayapti.
O‘shanda Mbappe klub rahbariyatiga jamoadan erkin agent maqomida ketib qolmaslikka so‘z bergan va shundan so‘ng ular uch yillik emas, balki 2+1 ko‘rinishida shartnoma tuzgan.
Endi Mbappe hamkorlikni 2025 yilning yozigacha uzaytirmasligini uqtirmoqda. Bu holat mutasaddilarga yoqmayapti.
2017 yildan beri Parijda to‘p tepayotgan Mbappe klub tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi. Bundan tashqari, PSJ bilan besh marta Frantsiya chempioni va uch bora mamlakat kubogi sohibi bo‘ldi.

Fikrlar