
Mbappe bu sovringa 8-marta loyiq ko‘rildi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Liga 1 da noyabr-dekabr oylarining eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.
Frantsiyalik futbolchi uchun bu uning faoliyatidagi sakkizinchi "Man of the month" sovrinidir. 24 yoshli forvard "Monako" tarkibida 3 bora, PSJ safida esa 5 marotaba bunga erishgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Mbappe - rekordchi. Zlatan Ibragimovich hisobida esa 5 ta sovrin bo‘lib, u borada 2-o‘rinda.
Ma’lumot uchun, Mbappe noyabr va dekabr oylarida chempionatda jami 3 ta o‘yin o‘tkazdi va 2 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar