Mbappe Frantsiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

  • 26.01.2023 14:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe 2022 yilning noyabr va dekabr oylarida Frantsiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 24 yoshli hujumchi Frantsiya futbolchilari uyushmasi saytida o‘tkazilgan ovoz berish jarayonida g‘alaba qozondi.

Aytish lozimki, Mbappe noyabr va dekabr oylarida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Ushbu bahslarning barchasida Parij klubining qo‘li baland keldi.

Kilian joriy mavsum Liga 1 da jami 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Chempionatning 19-tur yakunlariga ko‘ra, parijliklar 47 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!