Mbappe Frantsiya terma jamoasidan ketdi

  • 9 oktabr, 2019, 06:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasining Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan bo‘lajak uchrashuvlarida ishtirok etmaydi.

Tecno

Frantsiya futbol federatsiyasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng terma jamoa bosh murabbiyi Dide Desham futbolchini PSJ ixtiyoriga qaytarib yuborishga qaror qilgan.

Endi Mbappening terma jamoadagi o‘rnini “Borussiya M” a’zosi Alassan Plea egallaydi.

Ma’lumot uchun, Frantsiya dastlab Islandiya maydoniga safar qiladi, keyin esa o‘z maydonida Turkiya terma jamoasini qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!