
Mbappe hafsalani pir qildi
PSJ rahbariyati, ayniqsa, klub prezidenti Nasser Xelaifiy jamoa hujumchisi Kilian Mbappening xatti-harakatlaridan norozi bo‘lmoqda, - deb axborot tarqatdi taniqli insayder Fabritsio Romano.
Parijliklar 24 yoshli futbolchini kelasi mavsum erkin agent sifatida ketishini istamayapti. Ular Mbappedan shartnomani uzaytirish yoki shu yozda klubni tark etishni talab qilmoqda.
PSJ pozitsiyasini Mbappe kelasi yozda “Real”ga o‘tmoqchi ekanligi haqidagi xabarlarni inkor qilgani ham o‘zgartirgani yo‘q.
Avvalroq, Mbappe parijliklarni kelasi yili yozda amaldagi shartnomani 2025 yilgacha uzaytirmasligi haqida ogohlantirgan edi. O‘tgan yili yozda u PSJ bilan 2+1 ko‘rinishidagi bitim tuzgandi.
Fikrlar