Mbappe mojarosi davom etadi! Transfer borasida yangi gaplar paydo bo‘la boshladi

  • 28 iyun, 2023, 00:34
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi va Kilian Mbappe kelishuvga erishdi.

Tecno

PSJ kelasi yili hujumchini tekinga qo‘yib yuborish niyatida emas. Parijliklar u bilan shartnomani uzaytirish yoki shu yozda sotish niyatida. Futbolchining o‘zi allaqachon shartnomani 2025 yilgacha uzaytirish variantini faollashtirmasligini ma’lum qilgan.

"Foot Mercato" xabariga ko‘ra, Mbappe va "Real" o‘rtasida dastlabki reja - shartnoma muddati 2024 yilda tugaganidan keyin futbolchini "Real"ga olib kelish bo‘yicha allaqachon tayyor kelishuv mavjud. Ammo klublar o‘rtasidagi muzokaralarda muvaffaqiyatga erishilsa, Kilian shu yozda "Real"ga o‘tishi mumkin. PSJ "Real" bilan muzokaralarda dastalbki qadamni tashlamoqchi emas.

Kilian yana bir mavsumni Parijda o‘tkazishga tayyor. Agar u klubda qolsa, sentyabr oyida 90 million evrolik sodiqlik bonusi oladi. Agar Parij grandi uni sotishga qaror qilsa, 24 yoshli futbolchining transferi uchun parijliklarlar 180 milliondan 200 million evrogacha pul talab qilishi kutilyapti. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Jumaev Ruslan
28/06/2023 09:04
Shu mbappiyab ja jonga tegdida utib utmaydida