Mbappe “Real”ning transferga puli yo‘qligini bilib qoldi

  • 07.07.2023 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Kilian Mbappe “Real” rahbariyati bu yozda uni sotib ololmasligidan xabar topdi.

Parij klubi xo‘jayini Nasser Al-Xelaifiy Mbappega 31 iyulgacha yangi shartnoma tuzish talabini qo‘ygan. Agar bu ish amalga oshmasa, hujumchi sotuvga qo‘yiladi.

Muammo shundaki, Mbappe o‘tishni istayotgan “Real”da transferni amalga oshirish uchun etarli darajada moliyaviy imkoniyat yo‘q. Bu haqda L'Equipe nashri xabar tarqatdi.

O‘z navbatida, “Liverpul” Mbappeni qo‘lga kiritish uchun yozgi transferlar vaqtida 200 million evro to‘lashga tayyorligini bildirmoqda.

Qizig‘i shundaki, “Real” Jud Bellingem transferiga 103 million evro sarflab qo‘ygan va Mbappe uchun yana 200 million topishi muammo. Bu tomondan “Liverpul” parijliklarga 200 million evrolik taklif yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!