
Mbappe transferining eng so‘nggi tafsilotlari. Unga APLdan yana bir da’vogar paydo bo‘ldi
PSJ Kilian Mbappeni "Al-Hilol"ga sotishga tayyor.
"Marca" xabariga ko‘ra, Saudiya klubi tez orada hech kim takrorlay olmaydigan katta taklif bilan chiqishi kutilmoqda. Parijliklar ushbu taklifni qabul qilishga tayyor, ammo futbolchining o‘zi Evropani tark etish niyatida emas.
Mbappeni sotib olishga Premer-liga grandlari ham qiziqmoqda. Ular orasida "Manchester Yunayted", "Tottenxem" hamda "Chelsi" ham bor. Biroq "aristokratlar" PSJga taklif bilan chiqishi uchun bir necha futbolchilarini sotishiga to‘g‘ri keladi.
Hozircha Mbappening orzusidagi klub "Real" hech qanday taklif bilan chiqmagan. Ular vaqt o‘tayotgandan unumli foydalanib, futbolchining narxini tushirishga harakat qilmoqchi.
Fikrlar