
Mbappe uchun favorit da’vogar o‘zgardi
Kilian Mbappe kelasi mavsumni qaysi jamoada boshlashi hamon mavhum bo‘lib turibdi. 24 yoshli futbolchi Parijda qolmoqchi.
PSJ rahbariyati esa, hamkorlikni uzaytirmagani uchun Mbappeni tezroq sotib yuborishga harakat qilmoqda.
Kilian o‘tmoqchi bo‘layotgan “Real” o‘yinchining va’dasini olib qo‘ygani bois, transferga xarajat qilmoqchi emas. Kurash asosan Angliya klublari o‘rtasida kechmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Chelsi” Mbappe uchun kurashda favoritga aylandi.
The Telegraph nashrining yozishicha, londonliklar hali rasmiy taklif bildirgani yo‘q, lekin bu transfer imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda.
Agar Kilian Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tadigan bo‘lsa, “Chelsi”ni tanlash ehtimoli katta. Chunki ikki klub xo‘jayinlari do‘stona aloqaga ega. Mbappening o‘zi “aristokratlar” bosh murabbiyiga aylangan sobiq ustozi Maurisio Pochettino bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolgan.
Fikrlar