Mbappe uchun kurashga yana bir APL klubi qo‘shildi

  • 13 iyun, 2023, 18:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Evropaning yana bir top-klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqda "The Times" nashri xabar berdi.

Tecno

24 yoshli frantsiyalik yulduz uchun kurashga "Manchester Yunayted" ham qo‘shildi. “Qizil iblislar” rahbariyati hujumchi uchun “Real” va Londonning “Chelsi” jamoalari bilan kurashishga tayyor.

Oldinroq Mbappe PSJ bilan shartnomani 2025 yilgacha uzaytirishdan bosh tortgani malum bo‘lgandi. Shu munosabat bilan parijliklar kelasi yozda uni tekinga yo‘qotmaslik uchun hujumchini sotishga qaror qilishdi.

Kilianning amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Uning transfer narxi 180 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!