Mbappening “Real”ga transferi bo‘yicha yangi ma’lumot

  • 24.06.2023 08:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropa matbuotida “Real” va PSJ rahbariyati parijliklar hujumchisi Kilian Mbappe transferi bo‘yicha kelishib olgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Unga ko‘ra, bu transfer umumiy hisobda “Qirollik klubi”ga 250 million evroga tushishi aytilgan. Manbalar madridliklar bu transfer uchun birdaniga 200 million evro to‘lashini va yana 50 million evro bonuslar sifatida o‘tkazilishini xabar qildi.

Biroq, Ispaniya nashrlari bu xabarni inkor etmoqda.

Xususan, Cope nashri madridliklar Mbappe transferi uchun o‘ta katta mablag‘ sarflamoqchi emasligini ta’kidlayapti. Bu manbaga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi hech qanday kelishuv bo‘lmagan. “Qirollik klubi” transfer bo‘yicha muzokara boshlash uchun qulay paytni poylayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Дилшод Xaмзаев
24/06/2023 08:44
Мбаппе Реалга ўтмаса Псжда чирийди.
&
merdan
24/06/2023 11:40
Реалга утса зур буларди
&
Umarjan
24/06/2023 09:15
Tori brat