Men “Roma”da qolaman!

  • 15 iyun, 2022, 21:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yili yozda Joze Mourino “Roma”ni qabul qilganidan keyin Rimga olib kelingan Matias Vina chempionatning ikkinchi yarmida asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotdi.

Tecno

Rimliklar Urugvayning  “Nasonal” klubi tarbiyalagan chap qanot himoyachisini Braziliyaning “Palmeyras” jamoasidan 13,6 million evroga transfer qilgandi. Bu o‘yinchi asosiy tarkibning muqim a’zosiga aylana olmadi.

Shunga qaramay, 24 yoshli himoyachi kelasi mavsum ham Rimda qolib, asosiy tarkibga kirish uchun kurashishga qaror qildi. Buning uchun Matias debyut mavsumida o‘zini ko‘rsatgan Nikola Zalevski va jarohatini davolatib safga qaytgan Evropa chempioni Leonardo Spenatstsola bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

Joze Mourino boshchiligidagi murabbiylar shtabi kelasi mavsum klubning bir necha musobaqada ishtirok etishini inobatga olib, futbolchining qolishiga ruxsat berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!